AsosiyDunyo

Turkiyada quyoshning zarrin nurlari, mayin qumli sohillari va moviy dengizlarida sayohat zavqini his eting!

'Turkiyada quyoshning zarrin nurlari, mayin qumli sohillari va moviy dengizlarida sayohat zavqini his eting!'ning rasmi

Turk Rivierasini o`rab turgan go`zalko`rfazlardan Egey va O`rta Er dengizimanzaralariga mahliyo bo`lgan holda, qayiqlarbog`langan portlarda oqshomni yoqimli qarshi olishva mazali turk taomlaridan bahramand bo`lishingizmumkin. Quyida ta`til uchun eng so`lim go`shalarbilan tanishtiramiz.

Turkegeyga tomon

Turkiyadagi ilk moviy sayohat marshrutiTurkegeyda bo`lib, Bodrum Turkiyadagi eng mashhursayyohlik bekatlaridan biri sanaladi. Gumushluk, Bitez, Yalikavak, Aspat, Jennet va IassosBodrumdagi moviy dengiz sayohatlari uchun engmashhur ko`rfazlar bo`lib, ular Turkiyadagi moviysayohat kontsepsiyasining asl ilhomidir. Ko`rfazlarni qayiqda o`rganib chiqqaningizdanso`ng, siz XV asrdan qolgan Bodrum qal`asi vaBodrum suv osti arxeologiya muzeyiga sayohatqilishingiz mumkin. Bodrum shuningdek, Egey dengizi, turk va xalqaro oshxonalarning diqqatgasazovor gastronomik markazidir.

Datcha yarim oroli: Er yuzidagi jannat

Egey dengizidan O`rta Er dengizigacha bo`lganmoviy sayohat marshrutida uchratishingiz mumkinbo`lgan portlar Go`kova, Datcha va Marmarisdir. Bodrum va Datcha yarim orollari o`rtasidajoylashgan Go`kova ko`rfazi moviy sayohatchilaruchun mashhur joydir. Ushbu marshrut bo`ylab go`zalko`rfaz va orollar, jumladan,  Orak oroli, Sediroroli, Kufre ko`rfazi, Lo`ngo`z ko`rfazi, Chanakko`rfazi/Ingliz bandargohi, Deg`irmen, Edi (Etti) orollari, Lajivert ko`rfazi va Tavşan orollarimavjud. Datcha yarim orolining qirg`oqlari bo`ylab, Kurubuk, Palamut, Hayit, Qizilbuk, Ballija, Boynuzjuk va Armonika turli kattalikdagi ko`psonli ko`rfazlar bilan tashrif buyuruvchilarnikutib oladi. Bu yam-yashil manzillarda sizniqiziqarli tabiat tajribasi va ajoyib Knidosqadimiy shahri kutmoqda. Sayohatning Marmaris etagida Adako`y, Echki (Kechi) oroli, Guverjinoroli, Jennet oroli, hamda, Serche, Bozukkale vaBo`zburun ko`rfazlarini ko`rishingiz mumkin. Dengiz orqali kelib, siz turli tarixiy vamadaniy meroslarni, jumladan Marmaris qal`asini, Fiskos va Amos qadimiy shaharlariniziyorat qilishingiz mumkin.

Go`jek: Moviy sayohatning yuragi

Turkiyaning moviy sayohatlar etakchisi bo`lganGo`jekdagi Usmon og`a, Bo`ynuz, Sarsala va BedriRahmi ko`rfazlariga tashrif buyurganingizdan so`ngmintaqaga oshiq bo`lishingiz tayin. Kleopatrahammomi (Kleopatra Hamami) deb nomlanuvchi suvosti xarobalari ko`rfazda joylashgan bo`lib, tarixiy xarobalar va yorqin suv osti hayoti bilanto`lib-toshgan sho`ng`ish joyini taqdim etadi. Jahon darajasidagi marinalari bilan Egey vaO`rta Er dengizi sohillari tutashgan Fethiemoviy sayohat sevuvchilarning mashhur to`xtashjoyidir. Fethiening tiniq suvlarida sho`ng`ibbo`lgach, kekik hidli tog `shamollari ostida«erkalangan» kichik ko`rfazlarda tunashingizmumkin. Fethiyadan langarni ko`targaningizdanso`ng O`lik dengiziga borishingiz mumkin. Turkiyaning paraplanlar jannati O`lik dengizidasiz Kumburnu ko`rfazi, Gemiler oroli, Kabak vaKidrak ko`rfazi, Shovale oroli, Samanlik, Kalemya, Akvaryum (Akvarium) va albatta, 80 dan ortiqkapalak turlari yashaydigan Kelebekler vadisikabi manzarali joylarni ziyorat qilishingizmumkin.

Kashdan Kekovaga: orzular ro`yobi

Turk Rivierasining poytaxti Antaliyadaunutilmas moviy dengiz sayohat tajribasi uchunyana bir marshrut - O`rta Er dengizining haqiqiydurdonasi bo`lgan Kashdir. Turkiyaning eng mashhurdam olish maskanlaridan biri bo`lgan Kashdadunyoning eng go`zal sohillari qatoriga kiritilganmashhur Kaputash sohili ham joylashgan. Ushbusayohatning yana bir ajablantiradigan joyi - faqatqayiqda borish mumkin bo`lgan Go`kkaya ko`rfazidagiKorsan g`oridir! Bu maskanlarni umringizdavomida kamida bir marta bo`lsa ham, o`z ko`zingizbilan ko`rishingiz lozim.

    Boshqa yangiliklar