AsosiyJamiyat

Andijonda ham yosh bolani itlar talab, tishladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolani itlar galasi tishlagani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon vilo...

'Andijonda ham yosh bolani itlar talab, tishladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolani itlar galasi tishlagani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi holat haqida rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 9 iyul kuni Xo`jaobod tumanining "Mustaqillikning 30 yilligi" mahallasida bir necha itlar galasi xolasining yashash xonadoniga mehmonga kelgan, Paxtaobod tumani Qorashox MFY Yangi cheklarda yashovchi 17.10.2018 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan fuqaro B. Ya, ushbu mahallada tashkil etilgan, aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan chiqindi tashlash joyiga yaqin hududda qarovsiz holatda o`ynayotgan vaqtda itlar B. Ya ni tishlab olganligi natijasida bir necha joyidan tan jarohat olgan.

Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, hushida, o`zi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda.

Bolada o`ng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap o`mrov sohasi, ko`krak qafasi orqa yuzasi, ikkala elka, dumg`aza sohasida it tishlagan jarohatlari bor, davolanish jarayonlari viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yo`q.

Eslatib o`tamiz, joriy yil 8 iyul kuni Samarqand shahrining Nabiev-4 ko`chasida ham itlar galasi yosh bolaga hujum qilgan edi. Keyinroq, bolaga tashlangan itlarning egasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning  110-moddasi (It va mushuk boqish qoidalarini buzish) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar