Shavkat Mirziyoev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy telefon orqali muloqot qildi. Muloqot davomida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, yirik investisiya loyihalarini tayyorlashni jadallashtirish va ularni ilgari surish masalalari batafsil muhokama qilingan.
Qatar Amiri O`zbekiston etakchisini bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan dildan qutladi.
Do`st Qatar xalqi nomidan O`zbekiston rahbari va ko`p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Etakchilar joriy yil 5-6 iyun kunlari Qatar Amirining O`zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarning so`zsiz ijrosini ta`minlash bo`yicha zarur choralar ko`rishga kelishib oldilar.
Yaqin fursatda qo`shma Hukumatlararo komissiya yig`ilishi hamda ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o`tkazish muhimligi ta`kidlandi.






