“Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 12.07.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Aldiya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, 2024 yil Xivada:
- ️martda “Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;
- ️may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o`tkaziladi.
2023–2024 yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
- “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;
- Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;
- “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.
️ Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o`zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo`llanma ishlab chiqiladi.
2023 yil oktyabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo`ylab infotur tashkil etiladi.






