AsosiyJamiyat

Xorazmdagi istirohat bog`laridan birida daraxtlar noqonuniy kesib tashlandi (video)

'Xorazmdagi istirohat bog`laridan birida daraxtlar noqonuniy kesib tashlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shovot shaharchasidagi K.Otaniyozov nomli dam olish va istirohat bog`ida qurimagan daraxtlarni kesib tashlanayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati va bog` mas`ullari ishtirokida o`rganish ishlarini olib borgan.

Natijada joriy yilning 9 iyul kuni tungi paytda bog`da o`zlarini tadbirkor, deb atagan shaxslar tomonidan haqiqatdan ham bir nechta daraxtlar kesilganligi aniqlangan.

Mahalla fuqarolari tomonidan jamoatchilik asosida o`tkazilgan nazorat davomida, mazkur shaxslar harakati to`xtatilib, so`ralganda tuman hokimi tomonidan og`zaki ruxsat berilganligi aytilgan.

Aniqlanishicha, hech bir tadbirkorga bog` hududidan er ajratilmagan.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan dastlabki o`rganish ishlari boshlanganini ma`lum qildi.

O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar