Toshkent ko`chalarida maymun sayr qilib yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.
Ushbu holatga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.
Toshkent shahar Shayxontohur tuman inspeksiyasi, IIB Ekopatrul xizmati xodimlari bilan birgalikda tezkor o`rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, sirk xodimlari tomonidan maymun sayr qildirib yurilgan vaqtda fuqarolar tomonidan videoga olinib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilganligi ma`lum bo`ldi.
"Hozirgi vaqtda maymun sirk xodimlari tomonidan qafasga kiritilgan. Nazorat ostida. Fuqarolardan mazkur holat yuzasidan, xavotirga tushmasliklarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.






