AsosiyJamiyat

Ish haqini natura shaklida to`lash tartibi belgilandi

'Ish haqini natura shaklida to`lash tartibi belgilandi'ning rasmi

“Ish haqini natura shaklida to`lashni tartibga solish to`g`risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga ko`ra, mehnatga natura shaklida haq to`lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:
- xodim yoki uning oilasi iste`moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va etishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
- o`ziga xizmat ko`rsatilishi va uy xo`jaligini yuritishda ko`maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta`minlash shaklida hisob-kitob qilish.
Shuningdek, ish haqini natura shaklida to`lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko`rsatiladi. 
Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo`lishi mumkin emas.
 Xodimning yozma roziligidan qat`i nazar uning ish haqidan:
- 50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to`lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo`lishi mumkin emas;
- 50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to`lash taqiqlanadi.
Ish haqini natura shaklida to`lashda quyidagilar taqiqlanadi:
- xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo`yicha belgilangan miqdordan oz bo`lganda, ish haqini natura shaklida to`lash;
- qishloq xo`jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;
- alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o`simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o`simlik va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
- uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to`lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

    Boshqa yangiliklar