AsosiyJamiyat

Ertaga havo harorati 40-42 daraja issiq bo`ladi

'Ertaga havo harorati 40-42 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

Ertaga, 14 iyul kuni O`zbekiston bo`ylab chang-to`zon kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, havo harorati 40-42 daraja issiq atrofida bo`ladi. 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalopog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar