Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Szyaoszo shahri xalq sudi bog`cha tarbiyachisini bolalarni zaharlaganlikda ayblab, o`limga hukm qildi. Bu haqda Pengpai nashri xabar berdi .
Ma`lum qilinishicha, ayblanuvchi Vang Yun ismli ayol “Mengmen” bolalar bog`chasida ishlayotganida u tarbiyachilardan biri bilan janjallashib qolgan. Ayol hamkasbi bilan hisob-kitob qilishga qaror qildi va 2019 yil 27 mart kuni ertalab hamkasbining guruhidagi bolalarning bo`tqasiga natriy nitrit qo`shib qo`ydi, natijada 25 bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi, ulardan biri keyinroq vafot etdi.
Tergov shuni ko`rsatdiki, bu Van Yunning shaxsiy muammolarini hal qilish uchun natriy nitritdan birinchi marta foydalanishi emas.
2017 yilda ayol maishiy muammolar tufayli turmush o`rtog`i bilan janjallashib qolgan, undan o`ch olish maqsadida Van Yun 2017 yilning fevral oyida internet orqali natriy nitrit sotib olib, uni erining stakanidagi suvga qo`shgan. Oqibatda eri zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`lishgan.
Ayol 13 iyul kuni qatl etilgan.






