Qishloq xo`jaligi vazirligi ma`lumotlariga ko`ra,bugungi kunga qadar respublika bo`yicha fermer xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan jami 8,1 mln tonnadan ortiq don etishtirildi. Natijada suvli maydonlarda o`rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortgan.
Ta`kidlanishicha, g`alla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 sentner, Toshkentda 74,2 sentner, Samarqandda 73.8 sentner, Farg`onada 73,7 sentner, Andijonda 73,5 sentner, Xorazm 73 sentner, Surxondaryoda 72,3 sentner, Sirdaryoda 72,1 sentner, Namanganda 72,6 sentnerni tashkil qildi.
Respublika bo`yicha hosildorlik ko`rsatkichi o`rtacha har gektaridan 71-73 sentnerni tashkil etdi.






