Toshkent shahrining ayrim tumanlarida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida 15 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
- Yashnobod tumani: “Jarboshi” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani: “Zargarlik” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi.






