AsosiyJamiyat

Surxondaryoda g`alladan bo`shagan erlarni yoqib yuborgan fermer xo`jaliklari aniqlandi

'Surxondaryoda g`alladan bo`shagan erlarni yoqib yuborgan fermer xo`jaliklari aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi tomonidan Qumqo`rg`on tumanida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xo`jaliklarida g`alladan bo`shagan er maydonlarini yoqib yuborganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Axborot xizmat xabar bermoqda 

Qumqo`rg`on tumanida faoliyat yuritayotgan “Bo`ston Firdavs”, “Hojimurod Mamatrayim”, “Elsevar Nurli Zamin”, “Kakaydi paxtakor”, “Eshqobil Hojimurod” va “Zilola-Ruslan” fermer xo`jaligiga qarashli g`aladan bo`shagan 55 gektar er maydoni fermer xo`jaligi rahbarlari tomonidan takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan.

Yuqoridagi barcha holatlar bo`yicha MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qumqo`rg`on tumanida aniqlangan g`alladan bo`shagan er maydonlarini yoqib yuborganlik holati bo`yicha tabiatga etkazilgan zararning umumiy miqdori 106 million 074 ming so`mni tashkil etdi. Etkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.

    Boshqa yangiliklar