Hasanboy Do`smatov kecha, 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida IBA Champions Night (Chempionlar oqshomi) turniri doirasida ispaniyalik Martin Molina Salvadorga qarshi jang qildi.
Prof boks qoidalari asosida 3 daqiqadan 5 raundga mo`ljallangan mazkur to`qnashuv to`liq davom etdi. -51 kilogramm vazn toifasida o`zbekistonlik bokschi barcha raundlarda raqibidan to`liq ustun keldi va hakamlarning yakuniy qarori bilan g`oliblikni qo`lga kiritdi. Hasanboy ushbu g`alabasi orqali 10 ming dollar pul mukofoti va IBA'ning maxsus chempionlik kamariga ham ega chiqdi.






