Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo`limi boshlig`i, inspektor Mirali Hojiev xizmat vaqtida yaralandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo`yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan o`q uzilishi natijasida qo`lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonerlarni qo`lga olish choralari ko`rilmoqda.






