AsosiyDunyo

Italiya aeroportida xodimlar ish tashlamoqda

'Italiya aeroportida xodimlar ish tashlamoqda'ning rasmi

Italiyada aeroport xodimlarining ish tashlashi yuzlab reyslarning bekor qilinishiga olib keldi, bu esa 250 mingdan ortiq yo`lovchiga ta`sir ko`rsatdi, deb xabar bermoqda Euronews.com.

Italiyada shanba kuni aeroport ishlovchilarining sakkiz soatlik ish tashlashi tufayli yuzlab reyslar bekor qilindi. Ushbu toifadagi ishchilar manfaatlarini ifodalovchi kasaba uyushmalari olti yil oldin muddati tugagan ish haqi stavkalarini tartibga soluvchi jamoa shartnomasini yangilashni talab qilyapti. Aksiya 250 mingdan ortiq yo`lovchiga ta`sir ko`rsatdi.

Evropaning boshqa hududlarida ham ish tashlashlar bo`lib o`tyapti. Londonning Gatwick aeroporti ishchilari iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlarida ikkita ish tashlash o`tkazadi, Belgiyada shu dam olish kunlari Ryanair kompaniya uchuvchilari esa pandemiya davrida ish haqining pastligi sababli ish tashlaydi. Sharlerua aeroportida o`nlab reyslar bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar