Eron polisiyasi xodimlari ayollarning hijob o`rash qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish uchun avtomobil va piyoda patrullarini tashkil qilishni boshladi. Bu haqda "interfax" yozdi.
Ta`kidlainishicha, bunday chora-tadbirlar “jamiyatning ijtimoiy jipsligi va xavfsizligiga” xizmat qilishi kerak.
Endilikda milisiya xodimlari birinchi navbatda ro`mol o`rash me`yorlariga rioya qilishdan bosh tortgan ayollarga tanbeh berib, ularga hijob o`rashni tavsiya etishi shart. Kelgusida huquq-tartibot idoralari xodimlari qonuniy choralar ko`rishlari va qoidabuzarlarni javobgarlikka tortishlari mumkin.
Eron jinoyat kodeksiga ko`ra, hijob o`rash me`yorlariga rioya qilmagan ayollar jarimadan tashqari, 10 kundan 2 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Shuningdek, qoidabuzarlarga ma`muriy choralar ko`rilishi mumkin.






