Samarqandda yana bir tashkilot xodimi jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat o`rmon xo`jaligi o`rmon kadastri vazifasida ishlovchi I.I. fuqaro F.S.ga ushbu o`rmon xo`jaligi tasarrufidagi 2 gektar er maydonini auksion orqali olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






