O`zgidromet yangi haftada O`zbekiston bo`ylab kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, joriy hafta davomida O`zbekiston hududi bo`yicha haroratni nisbatan o`zgarib turishi kutilmaydi. Haftaning boshi biroz issiq – kunduz kunlari 35-40° atrofida, janubda ba`zi joylarda 42-44° bo`ladi. Hafta o`rtasidan harorat foni 33-38° gacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat 2-3°ga pasayadi.
Ushbu hafta davomida hududning katta qismi bo`yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`iston Respubikasi va Xorazm viloyatida 17 iyulda va 18 iyulga o`tar kechasi, shuningdek 19-21 iyul kunlari O`zbekistonning tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
17-18 iyul kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 19-20 iyul kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat asosan kunduz kunlari 37-40°, so`ngra ish haftasining oxirigacha 36-38° bo`ladi.






