Toshkentda 2002 yilda tug`ilgan M.M. Nexia-3'ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`lni ajratib turuvchi beton to`siqiga urilgan.
Bu haqda xabar bergan Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmatiga ko`ra, hodisa joriy yilning 17 iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug`bek tumani Parkent ko`chasidagi TAPOiCh yo`l o`tkazgichida sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






