Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so`mlik kupyuradagi jami 316 million so`m pulni soxtalashtirgan. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul yasovchi ushlangan va jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudi tomonidan soxta pullarni yo`q qilish belgilangan.
MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur ijro hujjati MIB Termiz shahar bo`limi ish yurituviga qabul qilingan. So`ng soxta pullar belgilangan tartibda Termiz tumanidagi maxsus chiqindi poligonida yo`q qilingan.






