AsosiyJamiyat

Xorazmda fuqaro qurollangan holatda bankka kirishga urindi

'Xorazmda fuqaro qurollangan holatda bankka kirishga urindi'ning rasmi

Urganchda bank binosida pnevmatik to`pponcha bilan qurollangan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

11 iyul kuni soat 11:07 da Urganch shahar “Qo`riqlash” bo`limiga Navoiy ko`chasida joylashgan “Xalq bank” filialidan “tashvish” signali kelib tushgan.

Olingan xabarga ko`ra voqea joyiga zudlik bilan etib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to`pponcha bilan bank binosiga kirishga harakat qilgan fuqaro qo`lga olingan.

Ma`lum bo`lishicha bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qo`riqlash” bo`limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda ko`zdan kechirish jarayonida payqab, to`xtatib qolgan va tashvish tugmasi orqali xabar bergan. O`z vaqtida etib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qo`lga olingan ushbu fuqaro Urganch shahrida yashovchi X.A. ekani aniqlangan. 

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qo`riqlash” boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar