Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun 4 marta sudlangan O.A. fuqaro I.M.ga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari va Yangiobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “D. A.” MChJ o`rgatuvchisi G`.E. fuqaro U.M.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 4,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Sho`rchi tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.X. fuqaro A.T.ga “V. S.” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida, shu kabi, Sho`rchi tumanida A.N. fuqaro T.J.ga imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






