Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh kotibi bilan 17 iyulda muddati tugagan Qora dengiz don tashabbusi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi.
Ukraina rahbari BMT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi.
Davlat rahbari "Rossiya jahon oziq-ovqat bozorini beqarorlashtirishga harakat qilmoqda" va "Ukraina oziq-ovqat eksportiga qaram bo`lgan turli mamlakatlardagi 400 million kishining hayotini xavf ostiga qo`yadi" deb da`vo qilmoqda.
“Qora dengiz don tashabbusi saqlanib qolishi kerak. Biz janob Guterrish bilan Qora dengizdagi yo`llar orqali oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat ta`minotini tiklash uchun mas`ul davlatlar bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldik”, — deb yozdi Zelenskiy Telegramda.
Ma`lumot uchun: 2022 yil 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g`alla xavfsiz tashish bo`yicha kelishuv imzolandi.
Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi.
Turkiya koordinasiyasida amalga oshirilayotgan kelishuv global oziq-ovqat inqirozini hal qilishga qaratilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dushanba kuni Moskva don kelishuvining Rossiya qismi yakunlanishi bilanoq Qora dengiz kelishuvlarini amalga oshirishga darhol qaytishini aytdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham G`arb Rossiya oziq-ovqat va o`g`itlariga nisbatan sanksiyalarni to`xtatsa, kelishuvga qaytishlarini bildirdi.
Ukraina prezidenti Zelenskiy BMT va Turkiyaga “don kelishuvini” Rossiyasiz davom ettirish taklifi bilan maktub yuborganini aytdi.
“Ukraina, BMT va Turkiya oziq-ovqat koridorining ishlashini va kemalar tekshiruvini ta`minlashi mumkin”, — dedi Ukraina rahbari.





