AsosiyJamiyat

6 oyda fitosanitar talablariga javob bermagani uchun salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo`q qilindi

'6 oyda fitosanitar talablariga javob bermagani uchun salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo`q qilindi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda O`simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma`lum qildi.
O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2023 yilning 1 yarim yilligida fitosanitar nazorat yo`nalishida ekin maydonlari, mevali bog`-tokzorlar va issiqxonlarda – jami 3 million 600 ming gektardan ortiq maydonda fitosanitar dala nazorati amalga oshirildi.
Agentlik direktori rahbarligida ishchi guruh hududlarda o`rganishlar olib borib, hududiy davlat inspektorlari ishtirokida ko`rgazmali seminarlarni o`tkazish tizimi yo`lga qo`yildi. Bunda g`alla-paxta, meva-sabzavot, issiqxonalar va aholi tomorqalari yo`nalishlari bo`yicha alohida telegramm kanal orqali tavsiyalar berish tizimi yo`lga qo`yildi. 
2023 yil paxta hosili uchun g`o`za maydonlarida zararli organizmlarga qarshi kurashish bo`yicha respublika miqyosida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Agentlik va uning tizim tashkilotlari mutaxassislaridan iborat 24/7 ish rejimi asosida ishchi guruhlar hududlarda ish olib bordi. 
Italiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Evropa standartlariga mos feromon tutchiqlar ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi.
Agroklaster va fermer xo`jaliklari bilan “daladan-eksportgacha” zanjiri tizimi asosida 65 mingga yaqin Amaliyot kelishuvlari tuzilib, soha bo`yicha amaliy yordam ko`rsatib kelinmoqda.
Biomahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari 2,5 barobarga, ishlov qamrovi 46 foizga ortdi.
2023 yil hosil uchun 10 milliardga yaqin entomofaglar ko`paytirildi. Bundan tashqari, 485 ta biolaboratoriyada foydali nematodalarni ko`paytirish yo`lga qo`yildi. 
Mineral o`g`itlar sifatini laboratoriya tahlillaridan o`tkazish tizimi joriy etilib, 9 ta holatda standart talablariga javob bermaydigan mineral o`g`itlarni qo`llashning oldi olindi. 
Pomidor va qalampir mahsulotlarining yangi “Pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi” respublika hududlarida tarqalishiga qarshi choralar ko`rilib, eksportga ko`yilgan cheklovlar bartaraf qilinishiga erishildi.
Fitosanitar talablarga javob bermaganligi sababli 14 ta davlatga 143 ta e`tiroznomalar (notifikasiya) yuborildi. 9 000 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi, salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo`q qilindi.
2023 yilda esa, 519 ming gektar maydonda zararli chigirtka o`choqlariga qarshi kimyoviy ishlov bashorat qilinib, 493 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov ishlari o`tkazildi
Tut parvonasi zararkunandasiga qarshi kurash tadbirlarini o`tkazish uchun 2023 yilda respublika byudjetidan 11 mlrd. so`m mablag` ajratildi.
Meva-sabzavot eksporti geografiyasini kengaytirish maqsadida 24 ta davlatdan 598 ta fitosanitar ruxsatlar olindi, shuningdek, 56 ta davlatga barcha turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini fitosanitariya sertifikati asosida yuklash imkoniyati yaratildi.
Ilk bor Toshkent shahrida Evropa va o`rta er dengizi o`simliklar karantini va himoyasi tashkilotining (EPPO) Fitosanitariya tartib qoidalari bo`yicha 61-yig`ilishi tashkil etildi. 
Sohani raqamlashtirish yo`nalishida:
Barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda QR-kod tizimi joriy etildi.
Sertifikasiya hujjatlarini rasmiylashtirish elektron tizimiga o`tkazildi hamda Markaziy bankning “Munis” to`lov tizimi yo`lga qo`yildi. Inspektorlar fitosanitariya dala nazorati jarayonidagi aniqlangan huquqbuzarliklar bo`yicha qo`l planshetlari orqali “E-maʼmuriy ish” yagona axborot tizimida onlayn hujjatlarni rasmiylashtirish imkoni yaratildi.
Mutaxassislarni malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash maqsadida Buyuk Britaniya, Koreya, Xitoy, Turkiya, Italiya, Latviya, Litva, Xorvatiya, Rossiya, Qozog`iston, Ozarbayjon, Estoniya va Gruziya davlatlarining ekspertlari jalb qilindi. Agrokimyoviy tahlil markazining faoliyatini raqamlashtirish ishlari joriy qilinmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar