AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning ayrim tumanlarida “svet” vaqtincha o`chiriladi

'Ertaga Toshkentning ayrim tumanlarida “svet” vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 19 iyul kuni elektr energiyasi vaqtincha o`chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi

Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 19 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYning qisman hududlaridagi ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar