AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Jiddaga etib bordi

'Shavkat Mirziyoev Jiddaga etib bordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz etakchisini Makka mintaqasi hokimi o`rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko`rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig`ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19 iyul kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar