Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho`l hududlarida ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda ba`zi joylarda 40-42° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo`ladi.
Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.
19.07.2023 08:03
Bugun havo harorati 42 daraja issiq bo`ladi






