AsosiyJamiyat

Namanganda maktab direktori ro`mol o`ragan o`quvchi qizni haqoratladi (video)

'Namanganda maktab direktori ro`mol o`ragan o`quvchi qizni haqoratladi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda maktab direktori o`quvchi qiz ro`mol o`rab kelgani sabab uni haqoratli so`zlar bilan so`kkani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining xabar qilishicha, nohush holat 2022 yil sentyabr oyida Mingbuloq tumanidagi 43-umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan. Video esa 2023 yil iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarga chiqqanligi aniqlandi. 

O`rganish yakuniga ko`ra, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bildiriladi.

    Boshqa yangiliklar