AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga o`rgatish milliy markazi o`qituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) o`qituvchi D.X.dan 20 nafar o`qituvchining oylik maoshiga ustama qo`shilishini ta`minlovchi va 39 nafar abiturientga oliy o`quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi «Milliy sertifikat» olib berish evaziga jami 17 700 AQSh dollari talab qilib, shundan 6 600 AQSh dollarini qo`lga kiritib qolgan 11 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qarshi shahridagi «T». MFY bo`yicha hokim yordamchisi Sh.R. o`qituvchi va abiturientlarga qalbaki «Milliy sertifikat» tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6 600 AQSh dollarini olganligi aniqlanib, yana 11 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar