AsosiyDunyo

Gresiyada o`rmon yong`inlari yuz bermoqda

'Gresiyada o`rmon yong`inlari yuz bermoqda'ning rasmi

Gresiyada keng ko`lamli o`rmon yong`inlari tufayli mahalliy aholi va sayyohlar evakuasiya qilinmoqda. Jumladan, yozgi oromgohda dam olayotgan mingdan ortiq bola xavfli hududdan olib chiqildi.

Yong`in allaqachon Afinadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqlardagi uylar va mehmonxonalarga yaqinlashmoqda.

O`t o`chirish ishlariga 200 dan ortiq kishi va 60 ta maxsus texnika jalb etilgan. 15 ta samolyot yonayotgan joylarga suv tashlamoqda. Ishga bo`g`uvchi tutun, kuchli shamol va misli ko`rilmagan issiqlik to`sqinlik qilmoqda.

Gresiyada havo harorati ikkinchi haftadirki, soyada 40 darajadan oshib ketmoqda. Ma`lum qilinishicha, bunday ob-havo iyul oyining oxirigacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar