AsosiyJamiyat

DXX Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg`onada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanayotgan fuqarolarni qo`lga oldi (video)

'DXX Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg`onada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanayotgan fuqarolarni qo`lga oldi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining bergan xabariga ko`ra, Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Farg`ona viloyati tomon harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Natijada, unda yo`lovchi sifatida ketayotgan Farg`ona tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning qo`l sumkasida 981 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Qo`qon shahrida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro Toshkent shahrining Bektemir tumanida ushlanib, undan 1 kg. 76 gr. “gashish” moddasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan kontrabanda yo`li bilan Toshkent viloyati hududiga o`tkazilib, xufiya joyga yashirib ketilgan ushbu ajal og`usini Toshkent shahriga olib ketayotgan bo`lgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Farg`ona tumanida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro 495 gr. “gashish” moddasini 5 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, Qirg`iz Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan keltirilgan mazkur narkotikning haqiqiy egasi – Farg`ona tumanida yashovchi, 1997 y.t. boshqa shaxs ekanligi aniqlanib, u ham qo`lga olindi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Chust tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Jiguli” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida bo`lgan Farg`ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi, 1999 y.t., muqaddam sudlangan ayolning qo`l sumkasida 305 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, avtomashinada Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro ham borligi ma`lum bo`ldi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan keltirilgan narkotik moddani Qo`qon shahridan Namangan shahriga olib ketayotganliklari aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar