AsosiyJamiyat

O`zbekiston futbol assosiasiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi

'O`zbekiston futbol assosiasiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–857, 18.07.2023 y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo`shimcha kiritildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, 2026 yil 1 yanvargacha O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, “O`zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O`zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to`lashdan ozod etiladi:

- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);

- o`zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to`lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini;

- O`zbekistonga olib kiriladigan, O`zbekistonda o`xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun`iy o`tlar, shokpad, granulalar, maxsus elimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo`shilgan qiymat solig`ini.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar