1

Abdulla Aripov Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat 19.07.2023, 14:55
Abdulla Aripov Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi

O`zbekiston hukumati delegasiyasi joriy yilning 18 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi. 

Boku shahrida 19 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegasiyasini qabul qildi.

Suhbat avvalida Bosh vazir Ilhom Alievga Shavkat Mirziyoevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

O`z navbatida, Ozarbayjon rahbari mamlakatimiz etakchisini va butun xalqimizni Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O`zbekiston Bosh vaziri mamlakatimizda bo`lib o`tgan saylovdan so`ng Shavkat Mirziyoevni birinchi bo`lib Prezident Ilhom Aliev tabriklaganini bildirib, bu Davlatlarimiz rahbarlari va mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va qardoshlik namunasi ekanini alohida ta`kidladi.

Qayd etilganidek, Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilyapti. O`zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib borayotir. Neft va gaz, avtomobilsozlik, qishloq xo`jaligi, ipakchilik va to`qimachilik sanoati hamda boshqa tarmoqlarda qo`shma kooperasiya loyihalari hayotga muvafaqqiyatli tadbiq etilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1