AsosiyJamiyat

Eng ko`p abiturient hujjat topshirgan viloyatlar beshtaligi ma`lum bo`ldi

'Eng ko`p abiturient hujjat topshirgan viloyatlar beshtaligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 19 iyul soat 20:00 holatiga ko`ra, oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun 882 913 nafar abiturient onlayn ro`yxatdan o`tdi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, eng ko`p ro`yxatdan o`tgan abiturientlar Qashqadaryo viloyati (103 ming 972 nafar) hissasiga to`g`ri kelmoqda. Keyingi o`rinlardan Samarqand (99 210 nafar), Farg`ona (83 409 nafar), Toshkent (76 884 nafar) va Surxondaryo (72 883 nafar) viloyatlari joy olgan.

Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):

  • O`zbekiston milliy universiteti — 32 630 nafar;
  • Farg`ona davlat universiteti — 26 250 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 26 136 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 25 473 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 24 936 nafar.

Ta`lim shakllari bo`yicha taqlislaganda abiturientlarning 530 195 nafari kunduzgi, 324 213 nafari sirtqi, 21 861 nafari kechki va 6 644 nafari masofaviy ta`lim shakliga kirish uchun hujjat topshirgan.

    Boshqa yangiliklar