AsosiyDunyo

Tojikiston prezidenti beshinchi marta Umra ziyoratini ado qildi

'Tojikiston prezidenti beshinchi marta Umra ziyoratini ado qildi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida bo`lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19 iyul kuni musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

"Emomali Rahmon Markaziy Osiyo va Fors ko`rfazi davlatlari rahbarlari bilan uchrashishdan oldin Makkaga yo`l oldi. Prezident ehrom kiyib, Allohning uyiga kirib, Ka`batulloh ichida 2 rakat nafl namozini o`qidi. Shundan so`ng, Safo va Marvo tepaliklariga chiqib, Zamzam qudug`idan suv ichdi", - deyiladi xabarda.

U Saudiya Arabistoniga rasmiy va amaliy tashriflari chog`ida beshinchi marta Makkani ziyorat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar