AsosiyJamiyat

Muborak tumanida MChJ rahbari 1,5 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirib yubordi

'Muborak tumanida MChJ rahbari 1,5 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Muborak tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S-B.” MChJ rahbari B.T. va boshqalar qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish va eksportga yo`naltirish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,5 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`lari evaziga xarid qilingan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilmasdan naqd pulga sotib, ushbu mablag`larni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar