AsosiyJamiyat

Bugun oliy ta`limning bakalavriat bosqichiga hujjat topshirishning so`ngi kuni

'Bugun oliy ta`limning bakalavriat bosqichiga  hujjat topshirishning so`ngi kuni'ning rasmi

Bugun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlarni ro`yxatga olish yakunlanadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma`lum qildi.

Abiturientlar bugun soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro`yxatdan o`tishlari yoki tanlagan ta`lim yo`nalishlarini o`zgartirishlari mumkin.

To`lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abiturientlar 21 iyul kuni soat 23:59 gacha to`lovni amalga oshirishlari mumkin bo`ladi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 19 iyul soat 20:00 holatiga OTMlarga kirish uchun 882 913 nafar abiturient onlayn ro`yxatdan o`tgan. Eng ko`p ro`yxatdan o`tgan abiturientlar Qashqadaryo viloyati (103 ming 972 nafar) hissasiga to`g`ri kelmoqda. Keyingi o`rinlardan Samarqand (99 210 nafar), Farg`ona (83 409 nafar), Toshkent (76 884 nafar) va Surxondaryo (72 883 nafar) viloyatlari joy olgan.

Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):

  • O`zbekiston milliy universiteti — 32 630 nafar;
  • Farg`ona davlat universiteti — 26 250 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 26 136 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 25 473 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 24 936 nafar.

Ta`lim shakllari bo`yicha taqqoslaganda abiturientlarning 530 195 nafari kunduzgi, 324 213 nafari sirtqi, 21 861 nafari kechki va 6 644 nafari masofaviy ta`lim shakliga kirish uchun hujjat topshirgan.

    Boshqa yangiliklar