AsosiyDunyo

Chimkent shahar hokimining o`rinbosari korrupsiyada gumonlanib, hibsga olingan edi.

'Chimkent shahar hokimining o`rinbosari korrupsiyada gumonlanib,  hibsga olingan edi.'ning rasmi

 Chimkent shahar hokimining o`rinbosari Maqsut Isoxov korrupsiyada gumonlanib,  hibsga olingan. Bu haqda  Tengrinews.kz xabar bermoqda.

"Ushbu fakt bo`yicha tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda va barcha zarur tergov-tezkor tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jinoyat-prosessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma`lumotlar oshkor etilishi mumkin emas. ”, — deyiladi KNB matbuot xizmati. 

Maqsut Isoxov 2020 yil fevral oyida Chimkent hokimi o`rinbosari etib tayinlangan edi. Shahar hokimligida transport va avtomobil yo`llari, mehnat inspeksiyasi, turizm, jismoniy tarbiya va sport, axborot xavfsizligi va aholiga xizmat ko`rsatish, shuningdek, raqamlashtirish, erdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati masalalarini nazorat qilgan.

Maqsut Isoxov 49 yoshda. 

    Boshqa yangiliklar