2023-2024 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlandi.
Qabul yakuniga ko`ra onlayn ro`yxatdan o`tgan va ta`lim yo`nalishlarini tanlagan abiturientlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.
Abiturientlarning ta`lim tili bo`yicha taqsimoti:
O`zbek tili — 890 304 nafar;
Rus tili — 95 456 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.
Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta`lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta`lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta`lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta`lim shakli — 8 164 nafar.
Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):
O`zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg`ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.
Abiturientlarning doimiy yashash hududi bo`yicha birinchi 5 talik:
Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg`ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.






