AsosiyJamiyat

Xalqaro qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik yigit Koreyadan O`zbekistonga deportasiya qilindi

'Xalqaro qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik yigit Koreyadan O`zbekistonga deportasiya qilindi'ning rasmi

Ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan jinoyatchi Koreyadan O`zbekistonga deportasiya qilindi. Bu haqda Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida olib borgan harakatlar tufayli xalqaro qidiruvda bo`lgan jinoyatchini deportasiya qilish masalasi hal etildi.

Ikki davlatning o`zaro axborot almashinuvi va hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shuningdek, O`zbekistonning Janubiy Koreyada akkreditasiyadan o`tgan diplomatik missiya xodimlarining bevosita ko`magida hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlarining uchrashuvlar chog`idagi avvalgi kelishuvlari asosida ekstremistik mavzudagi materiallarni tarqatishda ayblanayotgan xalqaro darajadagi qidiruvda bo`lgan jinoyatchini topshirish tadbiri amalga oshirildi.

Qidiruvdagi shaxs chet el davlatining telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O`zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, g`oyalar va audiomateriallarni tarqatgan.

O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchi O`zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborildi.

 

    Boshqa yangiliklar