Olti oy ichida Qashqadaryo viloyatida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish yuzasidan qilingan 18 mingdan ziyod murojaatlari kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Yanvar-iyun oylari oralig`ida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallari tomonidan 18 084 ta kadastr hujjatlari shakllantirib berildi. 6 oy ichida 1 878 nafar mulkdorlar plastik ko`rinishidagi kadastr hujjatlarini Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilib olishgan.
Jumladan, Qarshi tumanida 676ta , Qamashi 77 ta, Nishon 1ta, Kitob 58 ta, G`uzor 102 ta, Mirishkor 167 ta, Shahrisabz tumani 10 ta, Dehqoonobod 8 ta, Shahrisabz shahri 13 ta, Qarshi shahri 308 ta, Koson 148 ta, Yakkabog` 81 ta, Muborak 43 ta va Kasbi tumanida 186 ta plastik ko`rinishidagi kadastr hujjatlari murojaatchilarga taqdim etilgan.
"Plastik ko`rinishdagi Kadastr pasporti bo`lsa, ko`chmas mulkka doir ma`lumotlar bir joyda, ya`ni yagona ma`lumotlar bazasida saqlanadi. Smart karta ichidagi ma`lumotlarni onlayn ko`rish mumkin. Uy-joy bilan bog`liq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda qayd etib boriladi" — deydi Boshqarmaning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha bosh mutaxassisi Nomoz Choriev.
Shu tariqa elektron kadastr tarixi vujudga keladi. Uy-joyning geografik maydoni va chegarasi to`g`risidagi ma`lumot smart kartadan joy oladi.
Qayd etilishicha, maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti ma`lumotlarini ko`rish imkoni mavjud bo`lib, unda QR-kod tizimi ham bor va qulaylik turli tashkilotlarga murojaat etishga hojat qoldirmaydi.






