Butunjahon Boks uyushmasi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e`lon qildi. Superengil vazndagi bokschimiz Mujibillo Tursunov reytingga ilk bor kiritildi. Shu tariqa, reytingdan 11 nafar charm qo`lqop ustamiz o`rin egalladi.
Ularning joylashgan o`rinlari bilan tanishing:
- Superog`ir vazn: Bahodir Jalolov o`tgan oydagidagidan bir pog`ona yuqorilab, 16-o`rinni egalladi;
- Supero`rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo`ziev o`tgan oydagi kabi 19-o`rinda;
- Superyarim o`rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov o`tgan oydagidan bir pog`ona pastlab, 6-o`ringa joylashdi;
- Yarimo`rta vazn (66,6 kg): Shahram G`iyosov 4 pog`ona ko`tarilib, 16-o`rinda; Jahongir Rasulov esa o`tgan oydagiga nisbatan 2 pog`ona yuqorilab, 29-o`rinni band etdi;
- Superengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 15-o`rinda qayd etildi; Botir Ahmedov 1 pog`onaga pastladi - 31-o`rin; Mujibillo Tursunov 39-o`rin;
- Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 10-o`rin;
- Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev o`tgan oydagi singari 4-o`rinda;
- Birinchi o`ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do`smatov o`tgan oydagidan 1 pog`ona ko`tarilib, 7-o`rinni egalladi.