Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi o`z eksportyorlarini G`arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarni buzganliklarini tekshiradi, deb yozadi “24.kg” departament matbuot xizmatiga tayanib. Qo`mita vakillarining ta`kidlashicha, na Qirg`iziston rasmiylari, na mamlakatning davlat kompaniyalari sanksiyalangan mahsulotlarni Rossiya Federasiyasiga etkazib berish bilan shug`ullanmaydi.
Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi bunga xususiy kompaniya va firmalarning aloqadorligi ehtimolini tan oladi. Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi tergov boshladi. Qirg`iziston Respublikasi va uning davlat tuzilmalari xalqaro me`yor va qoidalarga qat`iy amal qiladi, deyiladi qo`mita bayonotida.
Avvalroq Washington Post gazetasi AQSh hukumatining Qirg`izistonni Rossiyaga sanksiyalangan tovarlar eksportini to`xtatishga majbur qilishga qaratilgan iqtisodiy choralarni joriy etish rejalari haqida xabar bergan edi. Ularning ro`yxati hafta oxirigacha e`lon qilinishi mumkin.
21.07.2023 14:03
Qirg`iziston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o`tishda yordam berishdan bosh tortmoqda






