AsosiyDunyo

Serbiyada ishlayotgan o`zbekistonlik migrantlar haqida BBC lavha qildi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tushuntirish berdi

'Serbiyada ishlayotgan o`zbekistonlik migrantlar haqida BBC lavha qildi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tushuntirish berdi'ning rasmi

Serbiyada ishlayotgan o`zbekistonlik bir guruh mehnat migrantlari haqida BBC o`zbek xizmati tomonidan lavha e`lon qilindi.  

Holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi quyidagilarni ma`lum qiladi.

“AGROVIDA” kompaniyasi bilan kelishuv asosida hududlarda tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 435 nafar fuqaro qishloq xo`jaligi sohasida mavsumiy ishlarda ishlash uchun 2022-yilning iyun-iyul oylarida Serbiyaga tashkiliy jo`natilgan.

Ammo fuqarolardan ayrimlari va ish beruvchi vakillari o`rtasida tushunmovchiliklar sabab kelishmovchilik kelib chiqqan. Fuqarolarning ko`pchiligiga bir martalik moddiy yordam berilib, ular 2022-yilda O`zbekistonga qaytarilgan.

Joriy yilda esa Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ushbu davlatga fuqarolar ishga jo`natilmagan.

Fuqarolardan xorijda ishlash masalasida yoki xorijda qiyin ahvolda qolganda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishni so`raymiz.

Shu bilan birga, fuqarolar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Serbiyaga ishga jo`natish uchun belgilangan summadan (1 350 000 so`m) ortiq qo`shimcha to`lovlar yuzasidan va boshqa shikoyatlar bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar