Gresiyadagi o`rmon yong`inlari aholi punktlariga etib bordi. Minglab sayyohlar va mahalliy aholi evakuasiya qilingan.
Gresiyaning Rodos orolida beshinchi kundan beri davom etayotgan o`rmon yong`inlari aholi punktlariga etib bordi.
Gresiya matbuotiga ko`ra, tabiiy ofat qoplagan orolda sayyohlar va mahalliy aholi evakuasiya qilinmoqda.
Minglab sayyohlar mehmonxonalar va plyajlardan xavfsiz joylarga olib ketildi.
Qutqaruv operasiyasiga Gresiya armiyasi va qirg`oq qo`riqlash kuchlarining katerlari jalb qilingan.
Yong`inlarni bartaraf etishga 200 dan ortiq o`t o`chiruvchilar, 40 ta engil avtomobil, 3 ta samolyot va 5 ta vertolyot jalb etilgan.
Rasmiylar aholini mamlakatda yong`in xavfi yuqoriligidan ogohlantirdi, chunki ayrim hududlarda ertaga havo harorati 45 darajaga etadi.





