AsosiyDunyo

AQSh stratosferaga noyob harbiy dron uchirdi

'AQSh stratosferaga noyob harbiy dron uchirdi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlar Britaniyada ishlab chiqarilgan Phasa35 dronini stratosferaga uchirdi. U quyosh panellaridan quvvat oladi va samoda bir yilgacha qolishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Dron Nyu-Meksiko shtatidan uchirilgan. U erdan 20 km balandlikka ko`tarilgan va 24 soat davomida shu holatda qolgan.

Ushbu balandlikda Phasa35 havo mudofaa tizimlari, radar va elektron urush vositalariga qarshi himoyaga ega.

Nashrning qayd etishicha, ushbu ayg`oqchi dron Rossiya-Ukraina urushida muhim rol o`ynashi mumkin.

Yangi dron uzoq muddatli kuzatuv, razvedka, xavfsizlik, aloqa va chegaralarni himoya qilish uchun mo`ljallangan. Phasa35 Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi mahsulotidir. Uning qanotlari kengligi 35 m bo`lib, 15 kg foydali yukni ko`tarishga qodir.

    Boshqa yangiliklar