AsosiyDunyo

Turkiyada “Qo`rqut ota” madaniyat va san`at festivali o`tkazildi

'Turkiyada “Qo`rqut ota” madaniyat va san`at festivali o`tkazildi'ning rasmi

Turk dunyosining ko`p asrlik madaniy o`ziga xosligining tashuvchisi va mushtarak merosi bo`lgan Qo`rqut ota (Dede Korkut), Bayburtda Xalqaro Qo`rqut ota madaniyat va san`at festivali bilan yodga olinmoqda. 17-23 iyul kunlari Turk dunyosining umumiy qadriyati bo`lmish Qo`rqut ota betakror merosining 27-marotaba yodga olinishi rejalashtirilgan ushbu tadbirda minglab mahalliy va xorijlik ishtirokchilar birlashdi.

Turk madaniyatining buyuk siymolaridan biri bo`lgan Qo`rqut otaning eng qadimgi turk dostoni “Qo`rqut ota” kitobida bayon etilgan qahramonlik hikoyalari hali ham turk tarixi va madaniy o`tmishiga ziyo taratishda davom etmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qo`rqut ota qabri joylashgan Bayburt viloyati, mashhur donishmandning betakror merosiga e`tibor qaratish maqsadida 1994 yildan beri iyul oyining uchinchi haftasida “Xalqaro Qo`rqut ota va San`at festivallari”ga mezbonlik qiladi. Ayniqsa Turk dunyosida katta qiziqish bilan kutiladigan ushbu bayram, Bayburtning eng muhim madaniy tadbirlari qatoriga kiradi.

Turk dunyosini birlashtiruvchi tantanalar

An`anaga ko`ra bayramlar Masat qishlog`idagi Qo`rqut ota maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlanadi. Qo`rqut otaning YuNESKO tomonidan “Umumjahon Nomoddiy Madaniy Merosi Ro`yxati”ga kiritilishi bilan ahamiyati ortgan festival davomida nayza uloqtirish o`yinlari, mahalliy taomlar taqdimoti, rassomchilik va qo`l san`ati ko`rgazmalari, konsertlar, folklor tomoshalari, she`rxonlik, davra suhbatlari va boshqa ko`plab ijtimoiy-madaniy tadbirlar o`tkaziladi.

Turk dunyosini o`z tarixi va madaniyati bilan tanishtirish nuqtai nazaridan muhim ijtimoiy mas`uliyat tashabbusi bo`lgan Xalqaro “Qo`rqut ota” madaniyat va san`at festivaliga butun mamlakat vaTurkiy Respublikalardan ko`plab mansabdor shaxslar, milliy raqs jamoalari, san`atkor va akademiklar taklif etiladi. Bu yil ham bir haftadavom etadigan bayram tadbirlariga uch yuz mingga yaqin mahalliy va xorijiy vakillarning ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Avloddan-avlodga o`tadigan hikoyalar

Turk dunyosining “donishmand ajdodi” sifatida e`tirof etilgan Qo`rqut ota nomi vaibratli so`zlarini turk doston va hikoyatlaridatez-tez uchratish mumkin. Bu qissa va turlirivoyatlarda turkiy donishmand ba`zan «Qo`rqut» yoki “Qo`rqut ota” deb ham tilga olinadi.

Bundan tashqari, turk xalq qahramonlar ihikoyalari bayon etilgan “Qo`rqut ota” qissalari turk tili va adabiyotining eng muhim asarlaridandir. Turklarning o`tmishdagi hayotihaqida muhim ma`lumotlar beruvchi bu hikoyalarda turk qabilalarining urf-odatlari, an`analari, oila va axloqiy kelib chiqishi haqida ham batafsil ma`lumotlar keltirilgan. Hikoyalarni yozishdan maqsad, bu ma`lumotlarni kelajak avlodlarga etkazish degan fikr mavjud.

         Qo`rqut ota hikoyalari bilan bir tildan ikkinchi tilga, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan qadriyatlar bugun ham turk madaniy xotirasida o`z hayotiyligini saqlab kelmoqda. Hikoyalar o`tmish vabugun o`rtasidagi madaniy aloqani mustahkamlashga, madaniy davomiylikni ta`minlashga, tegishlilik va o`zlik tushunchalarini kelajak avlodlarga etkazishga, ularga saboq bo`lishga xizmat qiladi.

Bu borada turkiy zabon mamlakatlarni birlashtiruvchi omil bo`lgan “Qo`rqut ota” merosi ham 2018 yildan buyon YuNESKOning Insoniyatning Nomoddiy madaniy merosi ro`yxatidan joy olib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar