AsosiyDunyo

Tramp ustidan sud jarayoni qachon boshlanishi aytildi

'Tramp ustidan sud jarayoni qachon boshlanishi aytildi'ning rasmi

Davlat ahamiyatiga molik hujjatlarni noqonuniy saqlashda ayblanayotgan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ishi bo`yicha birinchi sud majlisi sanasi ma`lum qilindi, deya xabar beradi Euronews.

Federal sudya Eylin Kennon AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning maxfiy hujjatlarni saqlashi bo`yicha sud jarayonini 2024 yil 20 mayga belgiladi.

Sud majlisi uning amaldagi prezident Jo Baydenga qarshi kampaniyasi qizib turgan bir paytda bo`lib o`tadi.

Prokuror sud jarayonini 2023 yil dekabrda boshlashni taklif qildi, Trampning advokati esa uni 2024 yil noyabrda bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlari tugaguncha qoldirishni so`radi.

Oq uyning sobiq rahbari jami 38 ta jinoiy ish bo`yicha, jumladan, kinoaktrisa Stormi Denielsga hech narsa aytmasligi uchun va kredit olish uchun mulk narxini oshirib ko`rsatish bilan bog`liq firibgarlik bo`yicha ayblangan.

Avvalgi prezidentlik saylovlari natijalarini bekor qilishga urinish bo`yicha tergov davom etyapti.

    Boshqa yangiliklar