AsosiyDunyo

Moskvaning ikkita noturar joy binosiga yana dronlar hujum qildi (video)

'Moskvaning ikkita noturar joy binosiga yana dronlar hujum qildi (video)'ning rasmi

Moskvada ikki noturar binoga uchuvchisiz havo zarbalari qayd etildi, jiddiy vayronalar va qurbonlar yo`q, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin. Bu haqda interfax yozmoqda. 

"Bugun, taxminan ertalab soat to`rtlarda ikkita noturar joy binosiga uchuvchisiz havo hujumlari qayd etildi. Jiddiy vayronagarchiliklar va qurbonlar yo`q", — deb yozdi Sobyanin o`zining Telegram-kanalida.

Uning aniqlik kiritishicha, barcha tezkor xizmatlar joyida ishlamoqda.

Favqulodda xizmatlar xabar berishicha, dushanbaga o`tar kechasi poytaxt markazida ikkita dron halokatga uchragan. “Bir dron Danilovskiy tumanidagi Lixachev ko`chasida halokatga uchragan, ikkinchisi, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Xamovnikidagi Komsomolskiy prospektida urib tushirilgan”, — deyiladi favqulodda xizmatlar.

Hech qanday zarar yo`q. Atrofdagi binolarning derazalari singan, tom qismi qisman shikastlangan.

Komsomolskiy prospektining dron halokatga uchragan qismida harakat to`xtatildi. Haydovchilardan aylanma yo`llarni tanlash so`raladi.

 

    Boshqa yangiliklar