AsosiyDunyo

Moviy qushcha endi yo`q. Twitter ijtimoiy tarmog`i X.com’ga aylandi

'Moviy qushcha endi yo`q. Twitter ijtimoiy tarmog`i X.com’ga aylandi'ning rasmi

Twitter dushanba kuni o`z logotipini oq X ga o`zgartirib, ko`k qushni olib tashladi.

Yangi logotip Twitter tarmog`ida va sahifa yangilanganda ko`rinadi.

Rasmiy Twitter akkaunti avatarini avvalroq qora fonda ko`k qushdan oq X ga o`zgartirgan, Ilon Mask esa o`z sahifasida kompaniya shtab-kvartirasining yangi logotip proeksiyasi bilan suratini joylashtirgan.

Yakshanba kuni Mask x.com domeni foydalanuvchilarni avtomatik ravishda Twitterga yo`naltirishini e`lon qildi. 1 iyun kuni tadbirkor Twitter nomini X deb o`zgartirish rejalari haqida gapirgan edi. 22 iyun kuni kompaniya logotipida qush o`rniga X harfi paydo bo`lishini ma`lum qildi.

2022 yil 27 oktyabrda Mask Twitterni sotib olish bo`yicha 44 milliard dollarlik shartnomani imzoladi. Shundan so`ng darhol kompaniya rahbariyatining bir qator a`zolarini ishdan bo`shatdi. Ma`lum  qilinishicha, Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yuborib, kompaniyaning yagona rahbari bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar